Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » Aholini roʻyxatga olishning asosiy prinsiplari

Aholini roʻyxatga olishning asosiy prinsiplari

23 октябрь 2024 йил
36
0

Davlatimiz  rahbari  tomonidan  2020-yil  16-mart  kuni aholini  roʻyxatga  olish  sohasidagi  munosabatlarni tartibga  soluvchi “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Qonun  ilk  bor  qabul  qilingan  huquqiy  hujjat  sifatida Oʻzbekiston    tarixidan    oʻrin    oldi.    Chunki    shu    vaqtgacha    bu sohada qonunchiligimizda hech qanday hujjat yoʻq edi.

Ushbu  Qonun  5  bob  va  31  moddadan  iborat  boʻlib,  unda  qonunning

maqsadi,  asosiy  tushunchalar,  aholini  roʻyxatga  olishning  vazifalari  va prinsiplari, aholini  roʻyxatga olish sohasini  tartibga solish, aholini roʻyxatga  olishni  oʻtkazish  tartibi,  respondentlarning  hamda  roʻyxatga oluvchi xodimlarning huquq va majburiyatlari yoritib berilgan.

Aholini roʻyxatga olishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

Davriylik  prinsipi- aholini  roʻyxatga  olish  oʻn  yilda  kamida  bir  marta  oʻtkazilishi  hamda aholini   roʻyxatga   olishni   oʻtkazish   toʻgʻrisidagi   qaror,   Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinishi belgilab qoʻyilgan.

Umumiylik va bir paytdalik prinsipi- aholini roʻyxatga olishning yagona belgilangan sanasida shaxsga doir maʼlumotlarni barcha respondentlardan yigʻish Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida bir paytning oʻzida amalga oshiriladi.

Roʻyxatga olishning yakka tartibdaligi prinsipi- shaxsga   doir   maʼlumotlar yigʻilayotganda  roʻyxatga olish varagʻi har bir respondent uchun yakka tartibda toʻldiriladi.

Shaxsga doir maʼlumotlarning   maxfiyligi   prinsipi- aholini   roʻyxatga   olish jarayonida yigʻilgan shaxsga doir maʼlumotlar maxfiy boʻlib, respondentning   roziligisiz   oshkor   etilmaydi   va   tarqatilmaydi.

Aholini roʻyxatga olishni boshqarishning markazlashtirilganligi prinsipi- Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha aholini roʻyxatga olishga tayyorganlik koʻrish va uni oʻtkazish aholini roʻyxatga olishni yagona boshqaruv tizimini yaratish asosida markazlashtirilgan holda amalga oshiriladi.

 

Zafarobod tumani statistika boʻlimi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар