Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » Xalqaro konferensiyada Pensiya jamgʻarmasi xodimlari ishtirok etishmoqda

Xalqaro konferensiyada Pensiya jamgʻarmasi xodimlari ishtirok etishmoqda

16 июнь 2022 йил
333
0

Joriy yilning 16-17-iyun kunlari Rim (Italiya) shahrida BMT Yevropa Iqtisodiy tashkiloti komissiyasining “Barcha yoshdagilar uchun dunyo: birdamlik va hayot davomida imkoniyatlar uchun kuchlarni birlashtirish” mavzusidagi xalqaro konferensiyasida O‘zbekiston Republikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi vakillari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori Abdulaziz Xaydarov – delegatsiya rahbari sifatida ishtirok etishmoqda.

Konferensiya o‘tkazilishining asosiy maqsadi, keksalarning yoshidan qat’iy nazar, ajralmas va barcha insonlarga xos bo‘lgan huquqlaridan to‘liq foydalanishini ta’minlash, keksa odamlarning salohiyatini tan olish, ularning uzoqroq ishlash muddati va mehnat qobiliyatini rag‘batlantirish, bunda munosib qarishni ta’minlash masalalari muhokama qilinishi.

Mazkur konferensiyada Yevropa jumladan, Germaniya, Fransiya, Avstriya, Shveysariya, Niderlandiya, Sloveniya, Isroil kabi 50 dan ziyod mamlakatlarning  ijtimoiy himoya sohasidagi ilg‘or tajribaga ega mutaxassislari ishtirokidagi BMT Yevropa Iqtisodiy tashkiloti komissiyasining hududdagi qarilik muammolari bo‘yicha 2017-2022-yillar uchun Madrid xalqaro harakatlar rejasi ijrosini ta’minlanishi yuzasidan umumlashtiruvchi hisobotining taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda.

Anjuman ochilishida Yelena Bonetti, Jujanna Yakab, Ol'ga Algaerova, Vitaliya Gauchayte Vittix va Aleksandr Sidorenko so‘zga chiqdilar. Ishtirokchilar tabrik nutqida ijtimoiy himoya sohasi oldida turgan yangi muammolarga muvofiq ijtimoiy ta’minotni isloh qilish zarurligi va ushbu sohadagi mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning ahamiyati ta’kidlandi. Shuningdek, anjumanning ahamiyatini ham shu nuqtai nazardan qayd etdilar.

Tadbirda, Yevropa mamlakatlari vakillarining ijtimoiy himoya va pensiya tizimidagi soʻnggi yangiliklarga va islohotlarga bagʻishlangan maʻruzalari bilan qatnashishlari hamda mavjud muammolar va istiqboldagi rejalarni muhokama qilishlari rejalashtirilgan.

Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар