Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » Zafaraobod tumanida xotin-qizlar tadbirkorlikka o'qitildi.

Zafaraobod tumanida xotin-qizlar tadbirkorlikka o'qitildi.

28 июль 2022 йил
434
0

Odatda, ayolning jamiyatdagi o‘rni va vazifalarini faqat oila hamda farzandlar tarbiyasi bilan bog‘laymiz. Ammo hozirgi globallashuv sharoitida bunday yondashuv noto‘g‘ri ekanligini tushunib yetdik. Nega? Chunki “oila gultoji” deya ta’riflanadigan opa-singillarimiz ayni vaqtda jamiyatning barcha bo‘g‘inlarida samarali mehnat qilib, yuksak natijalarni qo‘lga kirityapti. Barchaga ibrat namunasi bo‘lmoqda. Ayolning jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi esa hayotdan baxtu saodat topishini anglatadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan so‘nggi yillarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, salomatligini mustahkamlash va eng muhimi, munosib turmush sharoitini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan izchil sa’y-harakatlar ham opa-singillarimizning nafaqat ijtimoiy faolligi, balki turmushi farovonligiga imkon yaratyapti.
Avvalo, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, “Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar hamda “Hunarmand” uyushmalari, xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari, shuningdek, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda joylarda o‘quv-kurslari tashkil etish orqali tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning biznes loyihalarini tuzishga yordam berilyapti.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini ta'minlash, hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 mart kungi 145 sonli qaroriga asosan Zafarobod tumanida ham Ayollar daftariga "Tadbirkorlik" yo'nalishida kiritilgan xotin-qizlarga, Jizzax viloyat Xotin-qizlar Tadbirkorlik markazi hamda Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Zafarobod filiali tomonidan tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun tadbirkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida o'quv kursi tashkil etildi. O'quv kursida xotin-qizlar bilim darajasi oshirilib, o'zini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. O'quv kursi yakunida "Dastlabki biznes ko'nikma" yo'nalishi bo'yicha sertifikatlar taqdim etildi va xotin-qizlar tadbirkorlikga yo'naltirildi.

 

 


 

  Зафаробод туман ҳокимлиги Ахборот хизмати.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Pensiya tayinlash tartibi
08 март 2022, Вторник
Pensiya tayinlash tartibi
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар