Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » O‘zbekiston Respublikasining Qonuni FUQAROLARNING PENSIYA TA’MINOTI TIZIMI TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni FUQAROLARNING PENSIYA TA’MINOTI TIZIMI TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA

22 август 2022 йил
280
0

8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi 702–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 6-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 18-moddaning:

birinchi qismidagi “tuman yoki shahar ijtimoiy ta’minot bo‘limi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi “tuman yoki shahar ijtimoiy ta’minot bo‘limiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini olish huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma bunday to‘lovlarni oluvchiga ariza O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga kelib tushgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda beriladi”;

beshinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 20-moddaning birinchi qismidagi “tuman yoki shahar ijtimoiy ta’minot bo‘limi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

Oldingi tahrirga qarang.

(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi O‘RQ-601-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)

10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 10-sentabrda qabul qilingan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–174-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 9, 480-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 5-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “tuman, shahar ijtimoiy ta’minot bo‘limlarini” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2) 7-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi, 9-moddaning ikkinchi qismidagi, 15-moddaning matnidagi “tuman, shahar ijtimoiy ta’minot bo‘limlari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

11-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Бюджетдан ташқари пенсия жамғармаси Зафаробод туман бўлими.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар