Zafarobod tumanida "Zakovat" intellektual o'yinining tuman bosqichi o'tkazildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi ""Zakovat" intellektual o'yinini aholi o'rtasida ommaviy-ma'rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o'yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-96-son Qarori ijrosini ta'minlash, xususan, iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish, ushbu o‘yinlar tashkil qilinishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yinining tuman bosqichi o'tkazildi.
Zakovat intellektual o'yinida tumanning barcha 20 ta umumiy o'rta ta'lim maktablari ishtirok etishdi. Ishtirokchilar bilimlarini jamoviy tarzda oshirdi. O'yin yakuniga ko'ra 1-o'rinni "Lolazor" QFYning 9-maktab, 2-o'rinni "Uzun" QFYning 10-maktabi hamda 3-o'rinni "Birlik" QFYning 13-maktab jamoasi qo'lga kiritib, viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. Viloyat boshqichida bilimdon yoshlarga omad tilaymiz.
Yoshlar ishlar Agentligi Zafarobod tumani bo'limi.