Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » Zafarobod tumani Yoshlar ittifoqi tomonidan “Jadidlar” kitoblar to'plami maktablarga taqdim qilindi.

Zafarobod tumani Yoshlar ittifoqi tomonidan “Jadidlar” kitoblar to'plami maktablarga taqdim qilindi.

24 сентябрь 2022 йил
251
0

“Jadidlar” kitobi to‘plamini aholi, jumladan, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish orqali ma’rifatparvar jadid bobolarimiz haqida har bir yoshning xabardorligini oshirish asosiy maqsad qilingan.
Zafarobod tumani Yoshlar ittifoqi Kengashi raisi O'.Fayzullayev tomonidan, ma’rifatparvar jadid allomalarimizning ilmiy merosini ommalashtirish maqsadida “Jadidlar” kitoblar to'plami taqdim qilindi. 

Mazkur to‘plamda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Is’hoqxon to‘ra Ibrat, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Gʻulom Zafariy kabi ma’rifatparvar jadidlarning hayoti va ijodi, asarlarining qisqacha tahlili, e’tirofi, hikmatli so‘zlari va boshqa jihatlari o‘rin olgan. Ushbu kitob to'plamlari tuman Yoshlar ittifoqi Kengashi raisi va tuman Xalq ta'limi bo'limi mudiri A.Qurbonov bilan birgalikda, 10-umumiy o'rta ta'lim maktabi shuningdek 1-ixtisoslashtirilgan maktablariga yetkazildi. Shuningdek Yoshlar ittifoqi raisi va Xalq ta'limi bo'limi mudiri maktab yetakchilari va sardorlari bilan suhbat qildi. 

 

 

 Yoshlar ittifoqi Zafarobod tumani Kengashi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Pensiya tayinlash tartibi
08 март 2022, Вторник
Pensiya tayinlash tartibi
"CHEMPION VA YOSHLAR" UCHRASHUVI
11 сентябрь 2021, Суббота
"CHEMPION VA YOSHLAR" UCHRASHUVI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар