Zafarobodlik sportchi Besh tashabbus olimpiadasi doirasida sportning "Street workout" musobaqasida Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Joriy yil 27-may kuni Jizzax viloyatida Besh tashabbus olimpiadasi doirasida sportning "Street workout" yo'nalishi bo'yicha viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.
Ushbu musobaqada Zafarobod tumani "Birlik" QFYda yashovchi Bektemirov Nuriddin 22-26 yosh toifasida faol ishtirok etdi va faxrli 2-o'rinni olib, Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Yosh sportchimizga Respublika bosqichida ham, omad tilab qolamz.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)