Aholi murojaatlari ijobiy hal etilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan xalqni eshitish, aholining talab va istaklarini ro'yobga chiqarish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylandi. Buning ijrosi yuzasidan Zafarobod tumanida fuqarolar tomonidan, Zafarobod-Chimqo'rg'on (4R-37) yo'lini taʻmirlash bo'yicha murojaatlar kelib tushgandi.
Ushbu murojaatlarni ijobiy hal etish bo'yicha, Zafarobod-Chimqo'rg'on (4R-37) yo'lini taʻmirlash ishlari boshlab yuborildi. Taʻmirlash ishlarida bosh bo'lib viloyat hokimining birinchi o'rinbosari A.Mustanov, Jizzax viloyat IIB boshlig'i general-mayor Gʻ.T.Qodirov, Zafarobod tuman hokimi O'.Raxmanov, sektor rahbarlari va fuqarolar ishtirok etishdi. Ta'mirlash ishlarida Zafarobod tumani ""HUAXIN SEMENT JIZZAX" MChJ homiyligi asosida Zafarobod-Chimqo'rg'on (4R-37) yo'lini taʻmirlash ishlari olib borilmoqda.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.