Zafarobod tumanida chigit ekish mavsumi oldidan seminar o‘tkazildi.
Jizzax viloyati hokimining o’rinbosari Oybek Ashurmatov hamda Zafarobod tumani hokimi Gʻayratjon Eshpulatov 2024-yil paxta hosili uchun chigit ekish mavsumi oldidan sektor rahbarlari, tumandagi klaster va fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirokida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Mavsum uchun texnikalarni shay holatga keltirish, fermer xo‘jaliklariga zarur texnikalarni xarid qilish uchun ko‘maklashish masalasi muhokama qilindi. Ularning bu boradagi muammolari tinglandi.
Urug‘lik chigit, o‘g‘itlar hamda yoqilg‘i-moylash materiallari zaxirasini yaratish, maydonlarni tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish natijalari o‘qib eshittirildi. Shuningdek, chigit ekish mavsumini qisqa muddatda uyushqoqlik bilan o‘tkazish, agrotexnik tadbirlarini to‘g‘ri amalga oshirish, uni xatosiz, sog‘lom va erta undirib olish, g‘o‘za parvarishi va uni zararkunandalardan himoya qilish bilan bog‘liq tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.