Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » Zafarobod tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha matbuot anjumani o'tkazildi.

Zafarobod tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha matbuot anjumani o'tkazildi.

26 декабрь 2023 йил
211
0
Joriy yilning 26-dekabr kuni Zafarobod tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha Matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjumanda tuman OAV xodimlari, korxona – tashkilotlar ishtirok etdi. Anjuman dastavvalida so‘z olgan Zafarobod tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Shoxida Baratovna Mavlanova olib borilgan ishlar bo‘yicha hisobot berib o‘tdi. Xususan 2023 yilning dekabr oyi holatiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-sonli Qarorining 7-bobi, 48-bandida “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash yuzasidan  “Ayollar daftari”ga kiritilgan:
- 34 nafar xotin-qizlarga uy-joyini ta’mirlashi uchun 192 000 000 (bir yuz to‘qson ikki million) so‘m;
- 26 nafar xotin-qizlarga ijara shartnomasiga asosan uy-joyining ijara to‘lovlarini to‘lashi uchun 68 693 500 (oltmish sakkiz million olti yuzi to‘qson uch ming besh yuz) so‘m;
-  6 nafar xotin-qizlarga sog‘ligini tiklashi hamda dori-darmoni uchun 33 600 000 (o‘ttiz uch million olti yuz ming) so‘m;
- 375 nafar xotin-qizlarga bir marotabalik moddiy yordam sifatida 346 440 000 (uch yuz qirq olti million to‘rt yuz qirq ming) so‘m;
- 110 nafar xotin-qizlarga ma’naviy xordiq chiqarishlari (konsert dasturlari biletlari) uchun 6 500 000 (olti million besh yuz ming) so‘m miqdoridagi jami 647 233 500 (olti yuz qirq yetti million ikki yuz o‘ttiz uch ming besh yuz) so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari ajratilib 551 nafar xotin-qizlarning muammolarini hal etishga erishildi.
Bundan tashqari oilaviy ajrimlarning olidini olish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlar natijasida 2022 yilga nisbatan ajralishlar sonini 4 taga kamaytirishga, 75 ta notinch, nizoli oilalardagi notinchliklarni bartaraf etishga erishildi. Shuningdek oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan yil davomida og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan, kam ta’minlangan ko‘plab oilalarga homiylik hamda xayriya yordamlari ko‘rsatildi. Anjuman davomida Zafarobod tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Shoxida Baratovna Mavlanova tomonidan, OAV xodimlari tomonidan berilgan savollarga javoblar berdi.


Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.
скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар