Zafarobod tumanida, Namangan viloyati "Uchqo'rg'on" tumani tajribasi asosida qulupnay yetishtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Zafarobod tumanida eksportbop va raqobatbardosh qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uzluksiz yetishtirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadni oshirish bo‘yicha sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bugun Zafarobod tumanida, Namangan viloyati "Uchqo'rg'on" tumani tajribasi asosida qulupnay yetishtirish bo‘yicha seminar o'tkazildi. Seminarda tuman hokimi Gʻayratjon Eshpulatov, tuman IIB boshlig'i, podpolkovnik Bahrom Musurmonov, mahalla faollari, nuroniylar va fuqarolar ishtirok etdi.
Seminar davomida qulupnayni yetishtirish. parvarishlash va yangi hosil olish bo'yicha, Namangan viloyatidan tashrif buyurgan, mutaxasislar tomonidan to'liq ma’lumotlar berildi. Ta'kidlash joizki, har bir qulupnay ko‘chatidan 500-600 grammgacha hosil olish mumkun. Shuningdek seminar davomida, qulupnay yetishtirish istagida bo'lgan fuqarolar, tajriba almashish maqsadida Namangan viloyatiga yuboriladigan bo'ldi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.