Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » ZAFAROBOD TUMANIDA CHIGIT EKISH MAVSUMI DAVOM ETMOQDA

ZAFAROBOD TUMANIDA CHIGIT EKISH MAVSUMI DAVOM ETMOQDA

22 апрель 2024 йил
38
0

Bugungi kunda Respublikamiz bo‘ylab chigit ekish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Zafarobod tumanida ham 2024-yil hosili uchun jami 261 nafar fermer xo`jaliklarida 9941 gektar maydonga chigit ekilishi rejalashtirilgan bo`lib, hozirgi kunda mavsum q`izg`in davom etmoqda.

Maʼlumki, 2024-yil bahor oylarida Respublikaning barcha hududlarida  surunkali yog‘ingarchiliklar kuzatilib, oylik meʼyordan 3–4 barobar yuqori bo‘ldi. Bunday paytlarda  fermerlar chigit ekish ishlariga o‘ta masʼuliyat bilan yondashishlari, omilkorlik bilan ish ko‘rishlari,  mutaxassislarning tavsiyalari hamda ilg‘or tajribalarga tayangan holda ishlarni tashkil qilishlari talab etiladi. Bu yilgi sharoitdan kelib chiqib, chigit ekiladigan maydonlarda birinchi navbatda tuproqning yetilishi va dalaga kirish imkoni bo‘lishi bilan zudlikda yer tayyorlash (tekislash, chizellash, boronalash va mola bosish) va chigit ekish ishlari amalga oshirilmoqda.      

Xususan, chigit ekiladigan maydonlarda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini taʼminlash maqsadida  183 dona chopiq traktori, 165 dona kultivator, 60 dona yuqori unumli chigit ekish seyalkalari, 48 dona purkagichlar, 17 dona mineral o‘g‘it sepkichlar taʼmirdan chiqarilib “O‘zagroinspeksiya”ning tuman bo‘limi tomonidan to‘liq o‘rgangan holda  ularga maxsus sertifikatlar berilib joylarda ishlarni tashkil qilishga jalb qilindi.                                                                                                                                                            Bundan tashqari tumanda qishloq xo`jaligi ekinlari urug`liklarini sertifikatlashtirish,ularning sifatini nazorat qilish va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan urug`liklarni tarqatilishini taqiqlash hamda ekish uchun foydalaniladigan urug`liklarni sertifikatlashtirish “O‘zagroinspeksiya”ning tuman bo‘limi tomonidan nazoratga olindi. 

Tumanda chigit ekishga yer tayyorlash, chigit ekish hamda chigit ekilgan maydonlarda agrotexnik tadbirlarni bajarilishi mavsum davomida “O‘zagroinspeksiya”ning  tuman bo‘limi tomonidan doimiy nazoratga olinib fermer xo‘jaliklari rahbarlariga kerakli tavsiya va tushunchalar berib borilmoqda.


скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар