Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » VI BYD Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tdi

VI BYD Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tdi

22 апрель 2024 йил
16
0

Bugun Toshkent shahri 45 davlatdan 5 mingga yaqin havaskor yuguruvchi va professional sportchilarni VI BYD Toshkent xalqaro marafonida qabul qildi.

Marafonda O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adkham Ikramov, O'zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo'mitasi bosh kotibi O.Kasimov, O'zbekiston triatlon federatsiyasi raisi V.Makhmudov, O'zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi o'rinbosari A.Abduvaliyev,  BYD LLC ning Markaziy Osiyo bosh direktori o'rinbosari Ivan Cao ishtirok etdi.

VI BYD Toshkent xalqaro marafoni dasturiga 4 ta masofa: 3 va 10 km ommaviy yugurish musobaqasi,  yarim marafon va  marafon masofasi kiritilgan.

Marafonning umumiy mukofat jamg'armasi 720 mln so'mni tashkil qiladi. Bunda:
Marafon ishtirokchilari: I o'rin uchun - 60 mln so'm, II o'rin uchun – 
40 mln so'm, III o'rin uchun-  30 mln so'm,  IV o'rin uchun– 20 mln so'm, V o'rin uchun – 16 mln so'm, VI o'rin uchun– 10 mln so'm mukofoti bilan taqdirlandi. 

Yarim marafon ishtirokchilari: I o'rin uchun -  35 mln so'm, II o'rin uchun – 25 mln so'm, III o'rin uchun -  20 mln so'm,  IV o'rin uchun – 16 mln so'm, V o'rin uchun  – 12 mln so'm, VI o'rin uchun – 8 mln pul mukofoti bilan taqdirlandi.

10 km masofaga yugurish ishtirokchilari: I o'rin uchun – 9 mln so'm, II o'rin uchun – 6 mln so'm, III o'rin uchun - 3 mln so'm mukofoti bilan va 3 km masofaga yugurish musobaqasi g'olib va sovrindorlari qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Yarim marafonda eng yaxshi natija ko'rsatgan Parij Olimpiya o'yinlari litsenziati Shohruh Davlatov va marafonda eng yaxshi natija qayd etgan mahoratli sportchi Yekaterina Tunguskovalar BYD avtomashinalarini qo'lga kiritdi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар