Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » Zafarobod tumanida xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun seminar o'tkazildi.

Zafarobod tumanida xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun seminar o'tkazildi.

25 апрель 2024 йил
74
0

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-59-son Farmoni hamda O'zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik Vazirligining 2024-yil 7-apreldagi 61-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash yuzasidan, Zafarobod tuman hokimligi majlislar zalida ishchi guruh tomonidan qonuniy, tartibli tarzda xorijga vaqtincha yuborish, sohadagi yangiliklar va joylarda ishni to‘g‘ri tashkil etishga qaratilgan seminar o‘tkazildi.

 

O'tkazilgan seminarda tumandagi ishsiz xorijga ketish istagida bo‘lgan 70 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etdi. Ishchi guruh a’zolari tomonidan ishtirokchilarga xorijda ishlash tartib qoidalari, davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar, imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 

 

Jizzax shahridagi monomarkaz tomonidan xorijiy tillar rus tili, ingliz tili, koreys tili va xitoy tillarini qisqa muddatlarda o‘qitish taklif etildi. Seminar ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va mutaxassislar tomonidan kerakli javoblarni oldilar.

 

 

 Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар