Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » Zafarobod tumanida xotin-qizlar uchun o'quv seminar o'tkazildi.

Zafarobod tumanida xotin-qizlar uchun o'quv seminar o'tkazildi.

06 апрель 2024 йил
249
0

Yurtimizda xotin-qizlar uchun keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ularning bandligini ta’minlash maqsadida yangi ish o‘rinlari yaratilayapti, tadbirkorlik faoliyati istagida bo‘lganlar uchun turli imtiyozlar berilmoqda. Zafarobod tumanida xotin-qizlarni bandligini ta'minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha o'quv seminar bo'lib o'tdi.

 

 

Seminarda Jizzax viloyati Hunarmandlar uyushmasi raisi Ilhom Mallayev, tuman hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Shohida Mavlanova va faol xotin-qizlar ishtirok etdi. Dastlab, Hunarmandlar uyushmasi raisi I.Mallayev, hozirgi kunda xotin-qizlarga qaratilayotgan e’tibor, imkoniyatlar va yangiliklar haqida to‘xtalib o‘tdi. O'quv seminarda xotin-qizlar o'rtasida hunarmandchilik, kasanachilik, tikuvchilik, qandoatchilik va tadbirkorlik bilan shug'ullanadigan xotin-qizlar tomonidan takliflar berildi. Shuningdek seminar davomida xotin-qizlar tomonidan ko'rgazmalari tashkil etildi.

 

 

 

 

 Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар