Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » Narzullo ota va Inobat onalarning 51 yillik birgalikda qo'sha qarish saodati.

Narzullo ota va Inobat onalarning 51 yillik birgalikda qo'sha qarish saodati.

30 апрель 2024 йил
215
0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-167-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Zafarobod tumanida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

 

“Keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasi va ijtimoiy faolliklarini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” ga asosan uzoq yillar birgalikda umr kechirib, qo‘sha qarigan keksalarning ibratli hayotini yosh avlodga targ‘ib etish maqsadida bugun Nurafshon mahallasida hammamizga ibrat, na’muna bo‘ladigan, hayotiy tajribasi boy, keksa avlod vakillari bilan uchrashuv tashkil etilmoqda. Oila-vatan ichra kichik vatan, muqaddas go‘sha. Uning mustahkam bo‘lishi umr yo‘llarini va taqdirini o‘zaro bog‘lagan, oila mustahkamligi, farzandlari tarbiyasi hamda kamolini o‘z baxti deb biladigan, ota va ona degan ulug‘ nomga munosib bo‘lgan ikki insonning sa’yi harakatlariga bog‘liq. Bunday oilalar el yurt o‘rtasida hurmat e’tibor qozonib, baxtli hayot kechirishadi.

 

 

Yashab o‘tgan, havas qilsa arziydigan umr yo‘llari bilan yosh oilalarga o‘rnak bo‘la oladi. Ana shunday oilalardan biri Nurafshon shaharcha fuqorolar yig‘inida istiqomat qiluvchi nuroniy Islomov Narzullo ota va ularning turmush o‘rtog‘i Islomova Inobat ona 51 yil davomida birga umr kechirmoqdalar. Bu yarim asr vaqt degani qadrli mehmonlar. Oila tinchligi, uning ravnaqi bevosita uning egalariga bog‘liq. Bugun bizning qahramonlarimiz ana shunday ibratli hayot kechirishgan. Narzullo ota va Inobat ona 1973-yil turmush qurishgan, Qishloq xoʼjaligi, chorvachilik va boshqa sohalarda uzoq yillar samarali mehnat qilgan, piri badavlat otaxon-onaxon bugun 10 nafar farzand, 20 nabiraning izzat-ikromida baxtli hayot kechirib, keksalik gashtini surmoqdalar.

 

 

 

 

 Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар