Zafarobod tumanida "Do'stlik uchrashuvi" tadbiri bo'lib o'tdi.
Мillatlararo totuvlikni bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, mehr-оqibat, do‘stik va hamjihatlikning ma'naviy asosi deb atash mumkin. Zafarobod tumanida tug 'ilib o'sgan, bugungi kunda Qozog'istonda istiqomat qilayotgan qozoq birodarlarimiz "9-may Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan tumanimizga ushbu sana arafasida tashrif buyurishi an'anaga aylangan.
Bu yil ham qozoq birodarlarimiz Zafarobod tumanida yuqori hurmat va ehtirom bilan kutib olindi hamda "Maroqand" tantanalar majmuasida ikki xalq o'rtasida "Do'stlik uchrashuvi" tadbiri tashkil etildi. Tumanimizda aholimiz va qardosh xalqimiz o'rtasida tinchlik va osoyishtalikda, ahillik va hamjihatlikda birga o'sgan, milliy qadriyatlar uyg'unligida yashagan davrlar xotirlandi hamda ajdodlar hoki ziyorat qilindi.
Zafarobod tumani hokimligi Axborot xizmati.