Rasmiy munosabat.
“Mening yurtim” telekanalining “Markaziy studiya” ko’rsatuvi orqali, Zafarobod tumani "Chimqo'rg'on" QFY Baliqli qishlog'ida aholining yo‘llagan murojaati yuzasidan Zafarobod tumani hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Joriy yilda Zafarobod tumani markazidan "Chimqo'rg'on" QFY Baliqli qishlog'i hududlariga olib boruvchi 22-km Avtomobil yo‘lida, mart-aprel oylarida 1.5 tonna asfalt mahsulotiga joriy ta'mirlash ishlari olib borildi. Buning natijasida ushbu hududga olib boruvchi avtomobil yo‘lida harakatlanish uchun zarur sharoitlar yaratilganligi ma'lum qilamiz. Shuningdek “Chimqo‘rg‘on” QFY Baliqli qishlog'i jami 4 km ichki yo‘llar qum-shag‘al aralashmasi bilan ta’mirlangan. Hozirgi vaqtga kelib, Zafarobod tumani turizm ob’yektlariga olib boruvchi yo‘llarga joriy yil uchun jami 51 mlrd so‘mlik ta’mirlash ishlari dasturiga kiritilgan,
Murojaatda aytilgan elektr ta’minoti bo'yicha, Zafarobod tumani "Chimqo'rg'on" QFY Baliqli qishlog'ida joriy yilda 1 dona 250 kVa transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlari bajarildi. 6 dona nosoz holatdagi beton-tayanch ta'mirlanidi. Shuningdek 20 ta beton-tayanch ustuni o'rnatilib, 0,3 km SIP 2x35 qora kabel havo tarmog'i tortilgan.
Shuningdek murojaatda aytilgan ichimlik suvi bo'yicha, , "Jizzax suv ta'minoti" AJ Zafarobod tuman filiali tomonidan ushbu manzilda suv ta'minoti sifatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Unga qadar esa maxsus suv tashuvchi transport vositalari orqali ichimlik suvi yetkazib berish ishlari yo‘lga qo‘yildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.