Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » Zafarobod tumani hokimligida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi – “Cyber-month” munosabati bilan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Zafarobod tumani hokimligida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi – “Cyber-month” munosabati bilan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

08 июнь 2024 йил
74
0

Zafarobod tumani hokimligida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi – “Cyber-month” munosabati bilan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Targ'ibot tadbirida tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla yetitiligi va fuqarolar ishtirok etdi.

 

Tadbirni tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i B. Musurmonov, viloyat IIB Kiberxavfsizlik bo‘linmasi boshlig‘i Q.Boltaboyev qatnashib, mavzuning ahamiyati muhim ekanini misollar orqali tushuntirib berdi. Ta’kidlanishicha, kiber jinoyatchilar tomonidan olib borilayotgan xurujlar, ularning qurboniga aylangan kishilar soni yil sayin ortib bormoqda. Bunday holatga tushmaslik uchun esa hech kimga shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik, mobil qurulmalar orqali kelayotgan xabarlarga ishonmaslik lozimligi aytib o‘tildi. Shu bilan birga fuqarolarda turli ko‘rinishdagi kiber xurujlarga nisbatan immunitet shakllanishi, bu borada har bir rahbar o‘z mehnat jamoalarida tashviqotlar olib borishi lozimligi aytib o‘tildi.Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

 

 

 

 

 

 

 

 Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар