Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » Zafarobod tumanida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” aksiyasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Zafarobod tumanida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” aksiyasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

02 декабрь 2023 йил
119
0

Zafarobod tumani "Chimqo'rg'on" QFYda joylashgan "Jizzax sement plant" MCHJda "Biz zo‘ravonlikka qarshimiz" mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Zafarobod tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N. Quvvatova, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi mas’ul xodimlari, xotin-qizlar faollari, "Jizzax sement plant" MCHJ xotin-qizlar xodimlari, Ichki ishlar bo'limi xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektor F.Alimova va umumta'lim maktablari psixolog o'qituvchilar ishtirok etdi. Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad ayollarga nisbatan tazyiqlarning oldini olish, gender tenglikni ta’minlash borasidagi sayi harakatlarni qo‘llab quvvatlashdir. Amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlarlar mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash hamda ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgandir. Zero, ayol – oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki. Ayollar bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir. Xotin-qizlari e’zozlangan, qadrlangan yurtning esa buguni va ertasi farovon bo‘ladi.

 

 

 

 Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар