“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” Respublika ko‘rik-tanlovining, tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” Respublika ko‘rik-tanlovi tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi. Tanlovga ko‘ra, “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat organi” nominatsiyasi bo‘yicha Zafarobod tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi mudiri E.Begbutayev, “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor nodavlat-notijorat tashkiloti” nominatsiyasi bo‘yicha Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Zafarobod tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi S.Inatova, “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor tadbirkorlik sub’yekti” nominatsiyasi bo‘yicha Zafarobod tuman “Bog‘boshi ” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari S.Xalimova, “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor fuqaro” nominatsiyasi bo‘yicha A.Abduraxmonov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Gʻoliblarga viloyat bosqichida omad va zafarlar tilab qolamiz.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.