Zafarobod tumanida paxta yig‘im-terimi oldidan seminar o‘tkazildi.
Zafarobod tumanida paxta yig‘im-terimi oldidan seminar o‘tkazildi. Seminarda Jizzax viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Boboqulov, tuman hokimi Gʻayratjon Eshpulatov, tuman prokurori Xusniddin Bektemirov, sektor rahbarlari, tuman tashkilot rahbarlari, fermer xo‘jalik rahbarlari ishtirok etdi.
Bu yil Zafarobod tumani paxtakorlari 37700 tonna paxta yetishtirishni oldilariga maqsad qilishgan. Paxta terimi asosan texnika vositalarida amalga oshirilib, mavsumda jami 29 ta yuqori unumli terim agregatlari ishlatiladi. Shuningdek, yana 10 ta terim kombaynlarini ijara asosida ishlatish rejalashtirilgan.
Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i B.Boboqulov seminar ishtirokchilarga terimga tayyorgarlik ko‘rish, paxta sotishdagi bu yilgi tartib qoidalar to‘g‘risida aytib o‘tdi. Seminarda mavsumga hozirdan puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha mutasaddilariga topshiriqlar berildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.