ZAFAROBOD TUMANIDA YANGI MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI.
O'zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 33 yillik bayramida, Zafarobod tumani "Pistalikent" mahallasida joylashgan 4-umumta’lim maktabi binosi kapital rekonstruksiya qilinib foydalanishga topshirildi.
Tadbirda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i, general-mayor G'ayrat Qodirov, tuman hokimi Gʻayratjon Eshpulatov, tuman prokurori Xusniddin Bektemirov, tuman IIB boshlig‘i Bahrom Musurmonov, nuroniy otaxon-onaxonlar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida so'z olgan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i, general-mayor Gʻayrat Qodirov va tuman hokimi Gʻayratjon Eshpulatov barchani eng ulug‘, eng aziz bayram Mustaqilligimizning 33 yillik qutlug‘ bayrami bilan muborakbod etdi.
Shundan so‘ng, alvon lentalar qirqilib, tadbir ishtirokchilari bu yerda o‘quvchi yoshlarning o‘qib, bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.