Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » Zafarobod tumani "Cho'liguliston" mahalla fuqarolar yigʻini yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Zafarobod tumani "Cho'liguliston" mahalla fuqarolar yigʻini yangi binosi foydalanishga topshirildi.

02 сентябрь 2024 йил
38
0

O'zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 33 yillik bayramida, Zafarobod tumani "Cho'liguliston" mahalla fuqarolar yigʻini yangi binosi foydalanishga topshirildi. Tadbirda tuman hokimi tuman hokimi Gʻayratjon Eshpulatov, mahalla faollari, nuroniy otaxon-onaxonlar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

 

 

Tadbirda so'z olgan tuman hokimi Gʻayratjon Eshpulatov, barchani eng ulug‘, eng aziz bayram Mustaqilligimizning 33 yillik bilan muborakbod etib, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, mahalla faoliyatining samaradorligi boʻyicha fikr bildirdi.

 

 

Tadbir davomida nuroniy otaxonlar bugungi dorilomon kunlarga shukronalar bildirdi va Vatanimizning porloq kelajagini tilab, samimiy so’zlar, ezgu tilaklar bilan duolar qildi.

 

 

Shundan soʻng rasmiy ochilish marosimi oʻtkazilib, qizil tasmalar kesildi va tadbir ishtirokchilari koʻrkam mahalla binosidagi zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар