Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish bilan bog‘liq sodir etilayotgan jinoyatlar va sodir etilish sabablari.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish bilan bog‘liq sodir etilayotgan jinoyatlar va sodir etilish sabablari.

11 октябрь 2024 йил
62
0

Insoniyat taraqqiyotning yangi-yangi cho‘qqilarini zabt etmoqda. Biroq jahonda xalqlar, millatlar kelajagiga tahdid tug‘diruvchi bir qancha omillar hamon saqlanib qolmoqda. Ana shunday xatarlardan biri giyohvandlik balosidir. Global muammoga aylangan ushbu illatga qarshi kurashishda davlatlararo hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘tgan asrdan bizga transmilliy jinoyatchilikning uchta eng xavfli turi «meros» bo‘lib qolgan. Ularning birinchisi xalqaro terrorizm, din niqobi ostidagi ekstremistik, fundamentalistik va separatistik xurujlar, ikkinchisi narkotik moddalar bilan savdo qilish (narkobiznes) va nihoyat, uchinchisi esa odam savdosi hisoblanadi.

Hozirgi kunda yer yuzidagi narkobiznesda aylanayotgan pul mablag‘i dunyo aholisining oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, ta’lim tizimi va tibbiy xizmatga sarflayotgan xarajatlaridan ancha ko‘pligi hech kimga sir emas. Eng achinarlisi, giyohvandlik og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarning sodir etilishiga, oilalar va millat genofondining buzilishiga sabab bo‘lmoqda.

Shu bois, giyohvandlikka qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan «Narkotik moddalar to‘g‘risida», «Psixotrop moddalar to‘g‘risida» hamda «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash to‘g‘risida»gi konvensiyalar qabul qilinib, 1987 yil 7 dekabrdagi 47/112-sonli rezolyutsiyasiga ko‘ra 26 iyun Xalqaro narkotik moddalarni suiiste’mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan. Aytish joizki, bunda giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro konferensiyada ilgari surilgan narkomaniyadan xoli jamiyat qurish yo‘lida dunyo hamjamiyatini birlashtirish g‘oyasi muhim o‘rin tutadi.

O‘zbekiston – mintaqadagi narkobiznes avj olgan Afg‘oniston bilan chegaradosh. Dunyo bozorida tarqatiladigan qoradorining asosiy qismi ushbu davlatda yetishtirilib, uni noqonuniy yo‘llar bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari orqali G‘arbga yetkazishga bo‘lgan urinish yildan-yilga kuchayib bormoqda. Shuning uchun yurtimizda narkotik moddalarni iste’mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash masalasiga davlat va millatning ertasini hal etuvchi omillardan biri sifatida qarab kelinmoqda.

Ushbu dastur asosida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar va boshqa vakolatli idoralar narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash bo‘yicha aniq maqsadli kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga, shuningdek, bu illatning tarqalishini oldini olish, idoralararo va xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda.

Mamlakatimiz huquqni muhofaza qilish organlari transmilliy narkoguruhlarni fosh etish va faoliyatiga chek qo‘yish, kontrabanda kanallarini aniqlash, giyohvandlik ekinlarini yo‘q qilish bo‘yicha maxsus operatsiyalarni o‘tkazib kelmoqda. Xususan, muntazam o‘tkazib kelinayotgan «Qoradori» operatsiyalari davomida tarkibida narkotik moddalar bo‘lgan o‘simliklarni g‘ayriqonuniy ravishda yetishtirish, saqlash va shu kabi holatlar aniqlanmoqda.

Mamlakatimizda qo‘llanayotgan amaliyotga ko‘ra musodara etilgan narkotik vositalar Davlat komissiyasi a’zolari va barcha sud-huquq tartibot organlari, BMT, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida tegishli tartibda yo‘q qilinmoqda.

Giyohvandlikka qarshi kurashishda huquqiy targ‘ibot va tashviqotning o‘ziga xos o‘rni bor. Shuni hisobga olib, keyingi yillarda hujjatli filmlar yaratildi.

Adliya organlari va muassasalari tomonidan ham bu borada aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Giyohvandlikning salbiy oqibatlarini tushuntirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etishmoqda. Ularga aholining turli qatlamlari, ayniqsa, yoshlar, bu dardga yo‘liqqan kishilar va ularning oila a’zolari jalb qilinmoqda.

Ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari ishtirokida davra suhbati va joylarda ma’ruzalar tashkil etilgan.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro hamjamiyat oldidagi o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarmoqda. Buni BMTning Markaziy Osiyoda narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi ham mamnuniyat bilan e’tirof etmoqda.

Har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, organizmda unga qarshi immunitet hocil qilinishi darkor. Demak, giyohvandlikka qarshi kurashish, yoshlarni bu balodan asrash uchun targ‘ibot-tashviqot ishlari ko‘lamini yanada kengaytirish, shu orqali fuqarolarimiz ongu shuurida immunitetni kuchaytirish zarur.

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Zafarobod tuman sudi raisi J.Baxronov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

KORRUPSIYA QARSHI KURASHISH DAVR TALABI
21 август 2024, Среда
KORRUPSIYA QARSHI KURASHISH DAVR TALABI
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH
27 август 2024, Вторник
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH
ODAM SAVDOSI-GLOBAL MUAMMO
22 февраль 2024, Четверг
ODAM SAVDOSI-GLOBAL MUAMMO
KORRUPSIYA – TARAQQIYOT DUSHMANI
22 февраль 2024, Четверг
KORRUPSIYA – TARAQQIYOT DUSHMANI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар