Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20

Chempionlar bilan uchrashuv.

15 октябрь 2024 йил
23
0

Zafarobod tumani "Cho'liguliston" mahallasida chempionlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiysi To‘lqin Qilichev, Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi katta murabbiyi Rahmatjon Ro‘zioxunov, Olimpiada o‘yinlari va Jahon chempionati g‘olib va sovrindorlari Bahodir Jalolov, Murodjon Ahmadaliyev va Isroil Madrimov, tuman hokimi Gʻayratjon Eshpulatov, mahalla faollari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

 

 

 

 

 

 

Uchrashuv davomida sportchilar o‘zlarining bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘llari, erishgan yutuqlari, xizmat faoliyati va sport sohasini uyg‘unlikda olib borish, sport va jismoniy tarbiyani inson hayoti va har qanday sohadagi o‘rni va ahamiyati borasida ma’lumotlari bilan o‘rtoqlashdi.

 

 

 

 

 

 

Uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Sportchilarimiz uchrashuv davomida o‘quvchilarni kasb-hunarga, sportga qiziqtirish va bo‘sh vaqtlarini unumli tashkil qilish, o‘z oldilariga maqsad qo‘yib, shu maqsad sari hayotda ildam qadam tashlashlari kerakligini ta’kidlab o‘tishdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар