Zafarobod tumanida suv ta’minoti inshootlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bo'yicha seminar o'tkazildi.
Bugun “Jizzax suv ta’minoti” MCHJ Zafarobod tuman filialida, tuman suv uzatish inshootlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bo'yicha seminar o'tkazildi.
Ushbu seminarda “Jizzax suv ta’minoti” AJ direktori Abdulla Yusupov, Zafarobod tumani hokimi Gʻayratjon Eshpulatov, tuman sektor rahbarlari, tuman va shahar filiali rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Seminar davomida 9 ta suv uzatish inshootlarida amalga oshirilgan ishlar ko'zdan kechirildi.
Shuningdek seminar davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 50 dan ortiq mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Ma’lumot uchun, hozirda tumanda 9 ta ichimlik suvini olish inshooti mavjud bo‘lib, ular orqali aholining 85 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Seminar davomida kuz-qish mavsumida faoliyat samaradorligini oshirish bilan birga, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish muhimligi to‘g‘risida ham batafsil ma’lumotlar berildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.