RASMIY MUNOSABAT
JIZZAX vil. – “Dam olish kuni ijtimoiy soha xodimlari majburan ishlatildi” mazmunida xabar yuzasidan, Zafarobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi shuningdek Zafarobod tumani tibbiyot birlashmasi quyidagilarni ma'lum qiladi.
https://t.me/sizdantelegram/48027
Zafarobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlari majburiy mehnatga jalb etish bo‘yicha tavsiya ishlab chiqilmagan va buyruq berilmaganligini, shuningdek ushbu suratdagi xodimlar xalq ta’limi xodimlari emasligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek Zafarobod tumani tibbiyot birlashmasi xodimlari majburiy mehnatga jalb etilmaganligi, tuman tibbiyot birlashmasida faoliyat olib borayotgan 18 nafar xodimlar va ularning oila a’zolari "Cho‘liguliston" QFYda istiqomad qiladigan fuqarolar o‘z tashabbusi bilan “Obod mahalla”, “Obod koʻcha” va “Obod xonadon" dasturida o‘z xonadoni oldida obodonlashtirish ishlarini olib borganligini ma’lum qilamiz.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.