Zafarobod tumani "Samarqand" mahallasida “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha ishlar qizg‘in davom etmoqda.
Zafarobod tumanidagi "Samarqand" mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish bo‘yicha ishlar qizg‘in davom etmoqda. Joriy yilning 14-sentabr kuni Jizzax viloyati Xalq qabulxonasi mudiri Bayrambek Uzoqov va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ishchi guruhi vakili Uyg'un Ro'ziyev "Samarqand" mahallasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Dastlab mahalla faollari bilan uchrashib bajarilishi lozim bo'lgan ishlar bo'yicha topshiriqlar berildi. Shundan so'ng Zafarobod tumani hokimi O'tkirbek Raxmanov, Jizzax viloyati Xalq qabulxonasi mudiri Bayrambek Uzoqov, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ishchi guruhi vakili Uyg'un Ro'ziyev va mahalla faollari bilan, mahalladagi ijtimoiy soha ob'yektlari va aholi xonadonlariga tashrif buyurib, mahalladagi eng dolzarib muammolar yuzasidan fuqarolar murojaatlari tinglandi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.