Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » Zafarobod tumanida "21-OKTABR O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGANLIGINING 34 YILLIGI" munosabati bilan tantanali tadbir o'tkazildi.

Zafarobod tumanida "21-OKTABR O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGANLIGINING 34 YILLIGI" munosabati bilan tantanali tadbir o'tkazildi.

20 октябрь 2023 йил
131
0

Til – millat qiyofasining bir bo‘lagi. Shuni ta'kidlash kerakki, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘lgan edi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Joriy yilning 20-oktabr kuni Zafarobod tuman markazidagi A.Navoiy bog'ida "21-OKTABR O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGANLIGINING 34 YILLIGI " munosabati bilan tantanali tadbir o'tkazildi. Tadbirda Jizzax viloyati hokimining maslahatchisi B.Mavlonov, Jizzax Pedagogika universiteti o'zbek tili va adabiyoti o'qituvchisi A.Jumanov, Zafarobod tuman hokimining o'rinbosari J.Suyarov va tuman tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

 

Tadbir davomida viloyati hokimining maslahatchisi B.Mavlonov, tuman hokimining o'rinbosari J.Suyarov hamda tuman faollari so'zga chiqib, barchani bayram bilan qutladi, o‘zbek tilining tarixi va bugungi kundagi o'rnini ta'kidlab o'tdi.

 

 

Tadbirning ikkinchi qismi o'quvchi yoshlarning badiiy va musiqaviy chiqishlariga ulanib ketdi. Tadbir so'ngida A.Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo'yildi. Bayram tadbiri tumanimiz bo'ylab davom etmoqda.

 

 

 

 

 

 Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар