Jizzax viloyatida 8 ta tanlovning taqdirlash marosimi hamda viloyat hokimining mahalla xotin-qizlar faollari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax viloyatida 8 ta tanlovning taqdirlash marosimi hamda viloyat hokimining mahalla xotin-qizlar faollari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda 15-oktyabr - Qishloq ayollari kuni munosabati bilan Zafarobod tumani, Nurafshon SHFYda yashovchi usta pillakor-inkubist 85 yoshli onaxon Achilova Trumtosh Jizzax viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasining tashakkurnoma va estalik sovg‘asi bilan taqdirlandi. Shuningdek "Gender tenglikni ta'minlashda eng faol tadbirkorlik sub'ekti"-Zafarobod tumanida joylashgan “Jizzax sement plant” MCHJ e’tirof etilib, viloyat hokimi tomonidan sertifikat bilan;
Zafarobod tumanidagi "Jizzax sement plant" MCHJ xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Xushbaqova Dilnoza "Eng namunali korxona xotin-qizlar boshlang‘ish tashkiloti" nominatsiyasi bo‘yicha 3-o‘rinni egallagani uchun 3-darajali diplom bilan;
Zafarobod tumani Chimqo‘rg‘on qishloq fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli Xutova Kulina “"Eng namunali mahalla xotin-qizlar faoli boshlang‘ish tashkiloti" nominatsiyalari bo‘yisha g‘olib deb topilib, Jizzax viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasining faxriy yorlig'i bilan taqdirlandi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.