Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » Zafarobod tumanida "Gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash" bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

Zafarobod tumanida "Gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash" bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

02 декабрь 2023 йил
67
0

Zafarobod tumani "Chimqo‘rg‘on" QFYda joylashgan "Jizzax sement plant" MCHJda "Gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash" bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Zafarobod tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N. Quvvatova, tuman IIBning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori F.Alimova, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi mas’ul xodimlari mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi xotin-qizlar faollari, "Jizzax sement plant" MCHJning rahbar va ishchi-xodimlari ishtirok etdi. Tadbir davomida "Jizzax sement plant" MCHJda "Gender tenglikni ta’minlashda ishchi va xizmatchi ayollarga yaratilgan shart-sharoitlarni, ayollarga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning «Jizzax sement plant» MCHJ misolida taqdimoti bo'lib o'tdi.

 

 

 

 

Gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida MCHJda amalga oshirilayotgan ishlar haqida taqdimotlar namoyish etildi. Shuningdek tadbir qatnashchilari "Jizzax sement plant" MCHJdagi aynan xotin-qizlar faoliyat olib borayotgan soha va yo'nalishlar bilan yaqindan tanishtirildi. Tadbir so‘ngida "Jizzax sement plant" MCHJ kasaba uyushma kengashi va xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan korxonada o‘zining samarali mehnati va fidoyiligi bilan namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh xotin-qizlar "Faxriy yorliq" va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

 

 

 

 

 Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар