Zafarobod tumani "Bo'ston" mahallasi “beshligi”ning jamoatchilik oldidagi hisoboti tinglandi.
Zafarobod tumani Bo'ston mahalla fuqarolari yig‘ini beshlik xodimlari - mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi hamda profilaktika inspektorining 2023-yil mobaynida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan mahalla Kengashi aʼzolari va faollari oldida hisobotlari tinglandi.
Yig‘ilishda mazkur beshlik xodimlari o‘zaro hamkorlikda mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, aholining ehtiyojmand qatlami bilan manzilli ish olib borish, «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarning muammolarini xonadonbay hal etishga asosiy eʼtibor qaratilganligi va mazkur yo‘nalishlarda bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilganligi taʼkidlandi. Shuningdek, hisobot yig‘ilishida kelgusidagi amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan kelishib olindi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.