Ishchi guruh vakillari Zafarobod tumanida.
Respublika ishchi guruhi vakillari Zafarobod tumanida bo'lib, tumandagi xotin-qizlar bandligini ta'minlashda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Oila va xotin-qizlar qo'mitasi vakili G'.Umarov, tuman xotin-qizlar tadbirkorlik markazi bo'limiga tashrif buyurib, xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatini ko'zdan kechirdi. Shuningdek markazda kasb-hunarga o'qitilayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida xotin-qizlarni taklif va muammolari o'rganildi.
Ishchi guruh vakillari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-sentabrdagi "Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ 376-son qaror ijrosini ta'minlash borasida tumanda "Samarqand" MFY va "Bo'ston" MFYlarda tadbirkorlik va salomatlik markazlari faoliyati o'rgandi. Oila va xotin-qizlar qo'mitasi tomonidan Jizzax viloyatida tadbirkor ayollar muammolarini o'rganish va hal etish maqsadida uchrashuvlar davom ettirilmoqda.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.