Zafarobod tumanida 9 may - "Xotira va qadrlash kuni"ga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi
Zafarobod tumani markazidagi “Xotira xiyoboni”da Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 79 yilligi hamda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda nuroniylar, mudofaa ishlar bo‘limi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, jamoatchilik va mehnat jamoalari vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Zafarobod tuman hokimi G‘ayratjon Eshpulatov barchani Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 79 yilligi hamda 9-may – Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi. Tuman hokimi o‘z tabrigida Ikkinchi jahon urushi boshlangan paytda O‘zbekiston aholisi 6 million 551 ming kishini tashkil etgani va O‘zbekistondan 1 million 951 ming kishi urushga safarbar etilganini ta’kidlab, Zafarobod tumanidan ham qo‘liga qurol olib, fashizmga qarshi jang qilgan ajdodlarimiz xotirasi yodga olindi.
Shuningdek, tadbirda mehnat faxriysi Yaxshiboy To'ychiyev ham so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilarini bayram bilan qutladi.
Tadbir so'ngida tuman hokimligi, tumanning keng jamoatchilik vakillari tomonidan “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.