Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » “Оbod xonadon – оbod ko‘cha – оbod mahalla” mezonlari asosida "Samarqand" mahalla fuqarolar yig‘ini binosi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bayrami arafasida foydalanishga topshirildi.

“Оbod xonadon – оbod ko‘cha – оbod mahalla” mezonlari asosida "Samarqand" mahalla fuqarolar yig‘ini binosi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bayrami arafasida foydalanishga topshirildi.

06 декабрь 2023 йил
124
0

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ishchi guruhi vakili U.Ro'ziyev, Jizzax viloyati Xalq qabulxonasi mudiri B.Uzoqov, Jizzax viloyati IIB boshlig‘i-General-mayor G'.Qodirov, tuman hokimi O'.Raxmanov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri G‘.Husanov va sektor rahbarlari hamda nuroniy fuqarolar Zafarobod tumani “Samarqand” mahallasi binosi hamda profilaktika inspektori xizmat uyining ochilish marosimida ishtirok etishdi.

Jumladan, tadbir davomida tuman hokimi O‘.Raxmonov, viloyat Xalq qabulxonasi mudiri B.Uzaqovlar so‘zga chiqib, bugungi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar xalq farovonligi va aholimizga qulay shart-sharoit yaratib berishga qaratilganligini ta'kidlab o‘tishdi. Shuningdek, "Samarqand" MFY raisi va Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Salimovlar ham so‘z olib, mahalla obodligi, xalq farovonligi yo‘lida amalga oshirilgan ishlarning barchasi haqida batafsil ma'lumotlar berib, davlatimiz rahbari va barcha mutasaddi, mas'ul rahbarlarga aholi nomidan o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.

 

 

Bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda Madaniyat bo‘limining folklor jamoasi va to‘garak a'zolarining bayramona chiqishlariga ulanib ketdi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар