Zafarobod tumani "Pistalikent" mahallasida Mustaqilligimizning 33 yillik bayrami katta shodiyona bilan nishonlandi.
Zafarobod tumani "Pistalikent" mahallasida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida Mustaqilligimizning qutlug‘ 33 yillik bayramiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bayram tadbirida Jizzax viloyat IIB boshlig‘i general-mayor Gʻ.T.Qodirov, tuman hokimi Gʻayratjon Eshpulatov, sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar va "Pistalikent" mahalla aholisi ishtirok etdi.
Tadbirda tuman hokimi Gʻayratjon Eshpulatov so‘zga chiqib Mustaqilligimizning qutlug‘ 33 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.
Shundan so‘ng viloyat va tuman Madaniyat bo'limi xonandalarning har bir chiqishlarini olqishlar bilan kutib olishdi.
Mustaqillik bayrami sharafiga tashkil qilingan mushakbozlik, ayniqsa, tadbir yakunida ishtirokchilarga o‘zgacha bayram shukuhini ulashdi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.