Odam savdosi asrimizning jiddiy muammosi.
Bugungi kunda odam savdosi shu o‘rinda chaqaloqlar va bola savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar asrimizning jiddiy muammosiga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 17 avgustdagi "Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonunida odam savdosiga oid noqonuniy harakatlarga qarshi tadbirlar, davlat va jamoat organlari tomonidan bajariladigan eng muhim vazifalar belgilab berilgan.
Afsuski, dunyo bo‘ylab odam savdosiga qarshi kurashish borasidagi keng qamrovli targ‘ibot-tashqivot ishlari olib borilishiga qaramay, har yili millionlab insonlar odam savdosi qurboniga aylanmoqda. Ular orasida ayollar, hatto yosh bolalar va chaqaloqlar ham borligi achinarli holdir. Ushbu turdagi jinoyatning rivojlanishiga turtki bo‘layotgan asosiy omillardar biri odamlarning chet elga borish va ishga joylashish haqida yetarli ma’lumotga ega emasligidir. Achinarlisi, o‘zga davlat, begona bir muhitga tushib qolganlar mo‘may daromad ilinjida og‘ir jismoniy mehnatga yollanmoqda, ayollar esa tuban va fahsh ishlarga majbur etilmoqda.
So‘nggi yillarda chaqaloq savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar aniqlanmoqda. Bunga – bolaning onasi ijtimoiy himoyalanmagani va moddiy ehtiyojlari ta’minlanmaganligi, turmushga chiqmagan ayollar homilador ekani hamda chaqaloqni oilasidan yashirishga urinishi, farzand ko‘rmagan oilalar tomonidan chaqaloq asrab olishga ehtiyojlar ko‘pligi va shunga o‘xshash boshqa holatlar sabab bo‘lmoqda.
Odam savdosiga qarshi kurashishda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ushbu illatning xavfi va oqibatlari haqida tushuntirish ishlarini olib borish, fuqarolarni bu boradagi vaziyatdan ogoh etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois bugungi kun talablaridan kelib chiqib, targ‘ibot va tashviqot tadbirlarini o‘tkazishga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi.
Odam savdosi, uning insoniy huquq va erkinliklarini g‘ayriqonuniy va g‘ayri axloqiy ravishda aynan inson tomonidan kamsitilishi kechirib bo‘lmas jinoyatdir.
Odam savdosi jinoyati aksariyat hollarda oson va ko‘p pul topishligini va’da qilish va boshqa aldov usuli bilan amalga oshiriladi, fuqarolar bu kabi aldov gaplarga uchmasliklari va yuqoridagi holatlarni aslo yoddan chiqarmasliklari lozim.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Zafarabod tuman sudining raisi J.Baxronov