Zafarobod tumanida xotin-qizlar o‘rtasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining 2023-yil 21 dekabrdagi qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-401-sonli qarorining 3-ilova 19-bandi “Mamlakatimizda xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha berilgan imtiyoz va imkoniyatlar” qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Zafarobod tumani maktablarida tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Zafarobod tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig'i Shohida Mavlanova hamda o'quvchi yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda oliy ta’limga kirayotgan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan imtiyozlar, xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha, qizlar tarbiyasidagi onalarning roli, milliy qadriyatlarni o‘zida jam qilgan milliy liboslar va kiyinish madaniyati haqida tushunchalar berildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.