Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » Zafarobod tumanida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Zafarobod tumanida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

30 май 2024 йил
199
0

Joriy yilning 30-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi PQ-346-son qaroriga asosan, Zafarobod tumanida olib borilgan ishlar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi. Ochiq muloqotda tuman OAV xodimlari, korxona – tashkilotlar ishtirok etdi. Mazkur ochiq muloqotda tuman hokimligi qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal, xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis M.Norjigitov olib borilgan ishlar bo‘yicha axborot berdi.

 

Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi PQ-346-son qaroriga asosan, Zafarobod tumanida olib borilgan ishlar yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi. Tumanda jami 117 ta ko‘p qavatli uylarga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatish va tutash hududlaridan belgilangan tartibda yer berilib, ish o‘rin yaratish maqsadida yengil konstruksiyada "Bo‘ston" MFYda 1 ta sartaroshxona, 2 ta ko‘chma do‘kon qurilib, jami 63 million so‘m mablag‘ sarflandi.

Shuningdek, Zafarobod tuman elektr korxonasi ta’minoti tomonidan Yorqin mahallasi Uchma ko‘chasiga 35 dona beton-tayanch ustunlari, 1 dona transformator va 1.8 km sip kabellar tortilgan. Shuningdek Birlik mahallasiga 40 dona beton-tayanch ustunlari, 1 dona transformator va 1.5 km sip kabellar tortilgan. Bundan tashqari Uzun mahallasi Qo‘shirobod ko‘chasiga 58 dona beton-tayanch ustunlari, 1 dona transformator va 2 km sip kabellar tortilgan.

Ochiq muloqot davomida tuman hokimligi qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal, xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis M.Norjigitov OAV xodimlari tomonidan berilgan savollarga javoblar berdi.

 

 Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар