Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20

Ustozlarga ehtirom.

29 сентябрь 2024 йил
81
0

Ustoz deganda, ko‘z o‘ngimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodga o‘z bilim va tajribalarini, ko‘z nuri va qalb haroratini, butun borlig‘ini baxshida etuvchi fidoyi inson timsoli gavdalanadi. Ustoz– bu shunchaki oddiy inson emas, ziyo, tafakkur va hikmatlar timsoli.

 

 

Zafarobod tumani "Karimaxon" tantanalar saroyida 1-oktabr - "O'qituvchi va murabbiylar" kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ustoz va murabbiylar, tarbiyachilar hamda faxriy o‘qituvchilar ishtirok etdi. 

 

 

Tadbirda so'z olgan Jizzax viloyati hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Nazira Muxtorova hamda tuman hokimi Gʻayratjon Eshpulatov barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayramlari bilan samimiy qutlab, bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Shuningdek tuman hokimi tomonidan, bir guruh ustoz va murabbiylar hamda faxriy o‘qituvchilarga, tashakkurnoma va bayram sovg‘alari topshirildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 Tadbir davomida tuman Madaniyat markazi xonandalari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

 

 

 

 

 

 Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар