Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » Zafarobod tumanida “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi.

Zafarobod tumanida “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi.

04 май 2024 йил
206
0

Zafarobod tumani "Nurafshon" mahallasida, 15 may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi. Tadbirda tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi, mahalla faollari, ibratli oilalar vakillari va yoshlar ishtirok etdi. Oilalar mustahkamligini ta’minlash, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi mas’uliyatini oshirish, oilaviy qadriyatlarni ulug‘lash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning o‘rnini targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan ko‘rik-tanlov ishtirokchilari belgilangan shartlar asosida bellashishdi.

 

 

 

 

Ko‘rik-tanlov g‘oliblariga, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbirda tuman madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

 

 

 

 Zafarobod tumani hokimligi Axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар